Angliya shimoli-sharqidagi Nyukasl-apon-Tayn shahridagi masjid yaqinida avtomobil piyodalar guruhiga kelib urildi, buning oqibatida olti kishi jabrlandi. Bu haqda, The Daily Mail nashriga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
“Avtomobil Nyukasl masjidi yaqinida diniy bayramga to‘plangan odamlar guruhini yorib o‘tib ketdi”, — deyiladi nashrning Twitter’dagi sahifasida.
Masjid yaqinida Ramazon bayrami munosabati bilan to‘plangan odamlarga uyushtirilgan hujum politsiya tomonidan o‘rganilmoqda. Ayni paytda 42 yoshli ayol ushlangan.
Politsiya voqeani terrorchilik bilan bog‘liq deb topmadi.
Izoh (0)