KXDR armiyasining harbiy xizmatchisi Shimoliy Koreyaning Janubiy Koreya bilan chegara qismini kesib o‘tib, bir necha kun oldin qo‘shni mamlakatga qochib o‘tgan xizmatdoshining ishini takrorladi. Bu haqda Yonhap agentligiga tayanib, “TASS” xabar berdi.
“Shimoliy koreyalik askar 23-iyun, juma kuni soat 21:30 da chegaraning o‘rta qismida Janubiy Koreyaga qochib o‘tdi. Ayni vaqtda u bizning qo‘riqchilarimiz nazorati ostida, harbiy xizmatchilarimiz esa uning qochishiga nima sabab bo‘lganini aniqlash uchun tergov o‘tkazmoqda”, — deb xabar berdi qo‘mondonlik.
Avvalroq, 13-iyunda Janubiy Koreya harbiylari Shimoliy koreyalik yana bir askarning qochgani haqida e’lon qilgan edi.
Izoh (0)