AQSh Qurolli kuchlarining Yevropadagi qo‘mondonligi o‘zining saytida Rossiyaning Su-27 qiruvchisi RC-135U razvedkachi samolyotiga yaqinlashgani tasvirlangan suratlarni e’lon qildi, deb xabar berdi “Gazeta.ru”.
Idoraning ma’lumotlariga ko‘ra, voqea 19-iyunda Boltiq dengizi ustidagi xalqaro havo hududida sodir bo‘lgan.
“Yaqinlashishning katta tezligi va to‘xtatib qolishda havo kemasining yomon boshqarilganligi sababli yaqinlashish xavfsiz deya topilmagan”, — deyiladi xabarda.
Fox News manbalarining aytishicha, Rossiya samolyoti Amerika samolyotiga bir yarim metr masofaga qadar yaqin kelgan. Shu bilan birga Su-27 samolyoti raketalar bilan qurollangan bo‘lgan.
Amerikalik rasmiylardan biri Rossiya qiruvchisining ushbu harakatlarini “provokatsion“ deya hisobladi. Uning aytishicha, Su-27 “tartibsiz uchgan”.
Rossiya Mudofaa vazirligi “10 daqiqa o‘tmasdan ushbu hududga yana bir RC-135 samolyoti kirgani va u ham Rossiyaning Su-27 qiruvchisi tomonidan to‘xtatib qolingani”ni ma’lum qildi.
Avvalroq, NATOning F-16 qiruvchi samolyoti bortida Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu bo‘lgan samolyotga yaqinlashishga urinib ko‘rgani haqida xabar berilgan edi. O‘shanda Su-27 qiruvchisi F-16 ga yaqinlashgan. Bu holat bir kunda ikki marta yuz bergan.
Izoh (0)