Michigan (AQSh) okrug sudi sudyasi iroqlik 100 dan ortiq fuqaro deportatsiyasini vaqtincha to‘xtatib qo‘ydi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Sudya Mark Goldsmit Iroq fuqarolari o‘z mamlakatlarida ta’qib va qiynoqlarga duch kelishi mumkinligi haqida ma’lum qilganidan so‘ng tegishli qarorni qabul qildi.
Turli jinoyatlar sodir etgani uchun hukm qilingan iroqliklar departatsiyasi bu masala kim tomonidan ko‘rib chiqilishi haqida qaror qabul qilingunga qadar to‘xtatildi.
Oldinroq AQSh hukumati mahalliy qonunchilikka binoan okrug sudi faqat apellyatsiya sudi tomonidan ko‘rib chiqilishi mumkin bo‘lgan ish bo‘yicha vakolatlarga ega emasligini bildirgandi.
Izoh (0)