Saudiya Arabistoni xavfsizlik xizmati Makkadagi Masjidul Haramga uyushtirilmoqchi bo‘lgan terrorchilik hujumining oldini oldi. Bu haqda Al Arabiya telekanaliga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.
Qirollik Ichki ishlar vaziriligining rasmiy vakili Mansur at-Turkining so‘zlashicha, jangarilar mamlakatning turli qismlarida uchta hujum seriyasini amalga oshirishni rejalashtirgan.
Buning uchun ular uch guruhga bo‘lingan. Ular hujumlardan birini Jidda viloyatida, qolgan ikkitasi Makka shahrida amalga oshirmoqchi bo‘lgan.
Maxsus kuchlar Makka shahridagi Al-Asilya va Ajyad kvartallarida jangarilarni qo‘lga olish bo‘yicha operatsiya o‘tkazdi.
IIV ma’lumotlariga ko‘ra, xudkush terrorchi turar-joy binolaridan biriga yashirinib olgan va xavfsizlik kuchlariga qarata o‘t ochgan, shundan so‘ng u o‘zini portlatib yuborgan.
Masjidul Haram — dunyodagi eng katta masjid bo‘lib, uning ichki hovlisida islom ahlining muqaddas maqbarasi — Ka’ba joylashgan.
Izoh (0)