Ramazon hayiti munosabati bilan 26-iyun kuni Toshkentda metro poyezdlari va avtobuslar ertalabki soat 4:00 dan ishlay boshlaydi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” va Toshkent metropolitenidagi manbalariga tayangan holda UzNews xabar bermoqda.
Jamoat transportining ertaroq ish boshlashi o‘sha kuni ertalabki soatlarda masjidlarda Hayit namozini ado etadigan odamlarga qulaylik yaratish maqsadida tashkil etildi.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahridagi masjidlarda Hayit namozi 26-iyun, dushanba kuni soat 05:05 da o‘qiladi.
Izoh (0)