Xitoyning Iu shahridagi savdo va sanoat kollejida ijtimoiy tarmoqlarda shuhrat qozonishni istaganlar uchun kurs ochildi. Bu haqda Meduza xabar berdi.
Ushbu kurs doirasidagi ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarda talabalarga ijtimoiy tarmoqlardagi mashhurlikni monetizatsiya qilish, videoni ommalashtirish, makiyaj tushirish va didni o‘stirish o‘rgatiladi. Shuningdek, o‘quv dasturiga raqs va etiket darslari, fotografiya va PR asoslari kiradi.
Uch yillik kursni muvaffaqiyatli yakunlagan talabalar professional ta’lim haqida diplomga ega bo‘ladi.
Ushbu yo‘nalishga asosan qizlar qiziqish bildirmoqda.
Ma’lumot uchun, xitoylik blogerlar 2016-yili umumiy miqdorda 10 milliard dollar ishlab topdi.
Izoh (0)