Farer orollari aholisi har yilning yozidagi kabi kitlarni ommaviy tarzda o‘ldira boshladi. Bu haqda The Independent xabar berdi.
Migratsiya chog‘ida jonivorlar sohilga yaqin suzib keladi. Mahalliy aholi vakillari qayiqlarda sutemizuvchilarni sayozlikka quvib borib, u yerda o‘ldiradi, so‘ng tanalarini sohilda maydalaydi.
Yozgi oylarda ushbu marosim tufayli mingga yaqin jonivor halok bo‘ladi. Kit go‘shti Farer orollarida oziq-ovqat mahsuloti sifatida ishlatiladi, ammo yozda bu mahsulot keragidan bir necha barobar ortiq yetkaziladi. Natijada kit go‘shti omborxonalarda qolib ketadi va buziladi.
Kitlarni o‘ldirish mahalliy an’ana hisoblanib, qonun bilan taqiqlanmagan. Ammo jonivorlar haq-huquqlari himoyachilari bunday vahshiy odatlarga qarshi kurashadi. Ular jahon hamjamiyati e’tiborini kitlarning azob-uqubatlariga qaratishga urinib keladi.
Izoh (0)