Turkiya Gretsiya sudining Anqaraga harbiy isyonchilarni topshirmaslik qarorini hurmat qiladi, ammo ekstraditsiyani zarur deb hisoblaydi. Bu haqda Turkiya bosh vaziri Binoli Yildirim Afinada gretsiyalik hamkasbi Aleksis Sipras bilan bergan qo‘shma matbuot anjumanida bayonot berdi, deb xabar qiladi “TASS”.
“Biz Gretsiya rasmiylarining qarorini hurmat qilamiz. Ha, sud va siyosiy hokimiyatlar bo‘lingan, ammo Turkiya rostanam og‘ir kunlarni boshdan kechirdi. Biz ushbu putchistlar topshirilishini istaymiz, ularni deb mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar buzilishini istamaymiz”, — dedi u.
Shu bilan birga, Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘li Gretsiya sudining qaroriga izoh berarkan, ular isyonchilar bilan bir tomonda ekanligini ta’kidlagan edi.
May oyining boshida Gretsiya apellyatsiya sudi Anqaraning so‘rovini rad etdi. Shu tariqa, o‘tgan yil iyulida harbiy isyonda ishtirok etgan shaxslar Gretsiyada qoldi.
Izoh (0)