Shavkat Mirziyoyev imzolagan “Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamg‘armasi faoliyatini tashkil qilish to‘g‘risida”gi qaror bilan O‘zbekistonda Bosh prokuratura qoshida tashkil etilgan majburiy ijro byurosi hamda byuroni rivojlantirish jamg‘armasi ushbu muassasalar xodimlarining maoshlari belgilab berildi. Bu haqda UzNews xabar bermoqda.
Hujjatda aytilishicha, lavozim okladining miqdori tarif setkasi bo‘yicha aniqlanadi. Bundan tashqari, quyidagi miqdorda oylik ustama to‘lovlari taqdim etiladi:
- toifa mansablariga ega ishchilarning lavozim okladiga 50 foiz, qolgan ishchilarga 100 foiz ustama, texnik va xizmat ko‘rsatuvchi personal bundan mustasno;
- 40 foizlik ustama (mehnatni rag‘batlantirish koeffitsiyenti);
- toifa mansablari uchun 20–50 foiz ustama;
- mehnat yillari uchun 5–40 foiz ustama (toifa mansabiga egalar uchun);
- maxsus kategoriyalar uchun 10, 20 va 30 foizlik ustamalar
- boshqaruv va ishlab chiqarish personaliga mehnat yillari uchun ustama.
Rag‘batlantiruvchi to‘lovlar:
- yiliga 200 foizgacha bo‘lgan mukofot pullari (faoliyat natijalarini individual baholash natijalarida 70–80 ball to‘plangan taqdirda 50 foiz; 80–90 ball uchun — 100 foiz , 90–100 ball uchun — 200 foiz);
- bayram va yubiley sanalar munosabati bilan, uzoq muddatli halol xizmat uchun, pensiyaga chiqishda 15 foizlik mukofot pullari;
- 15 foizlik personal ustama pullari;
- har oylik oziq-ovqat pullari — eng kam oylik ish haqining 1–2 barobari;
- har oylik transport xarajatlari uchun eng kam oylik ish haqining 1–2 barobari (xizmat transporti bo‘lmagan taqdirda, tuman va shahar bo‘limlarida);
- yiligi bir oklad miqdorida moddiy yordam puli;
- baxtsiz voqealarga uchragan yoki xizmat vazifasini bajarishda halok bo‘lgan xodimlarning oilalariga moddiy yordam puli.
Izoh (0)