Londonda avtofurgon yordamida odamlarga hujum uyushtirgan qurolli shaxs bunga qadar maxsus xizmatlarga ma’lum emas edi. Bu haqda Buyuk Britaniya xavfsizlik masalalari vaziri Ben Uolles bayonot berdi, deb xabar qildi “Interfaks”.
“Bu odam rasmiylarga radikal ekstremizmga oid masalalar bo‘yicha ma’lum emas edi”, — dedi vazir Sky News telekanaliga bergan intervyusida.
Uollesning so‘zlariga qaraganda, hujum hukumatning aybi bo‘lmay, terror xavfi oshib ketganini ko‘rsatadi.
“Jamiyat va hukumat oldida muhim vazifa turibdi. Biz hamkorlikda ularni hal qilishimiz lozim”, — ta’kidladi u.
Izoh (0)