“Rus o‘rgimchak-odami” nomini olgan ekstremal Sergey Delyashov “Moskva-Siti” majmuasidagi “Yevrosiyo” osmono‘par binosiga fasad orqali chiqdi. Endi u 5 ming rubl jarimaga tortilishi mumkin, deb xabar bermoqda “Afisha Daily”.
U bir soatdan kamroq vaqt ichida “Yevrosiyo”ning 52-qavatiga chiqib oldi. Qutqaruvchilar har ehtimolga qarshi pastda navbatchilik qilib turdi. Tomda esa o‘t o‘chiruvchilar bilan birga ekstremalni huquq-tartibot organlari xodimlari kutib turgan edi. Ular erkakni muhofaza qilinayotgan obyektdagi ruxsatnoma tartibini buzganlikda ayblab bayonnoma tuzdi.
Izoh (0)