Ijtimoiy tarmoqlarda yirik kondor — o‘limtikxo‘r yirtqich qush polaponlik payti uni qutqargan amerikalik erkakka minnatdorlik bildirish uchun qaytgani aks etgan lavhalar paydo bo‘ldi. Bu haqda Mirror hikoya qildi, deya xabar beradi “Vesti.ru”
Erkakning aytishicha, bir paytlar kondor polaponi uyasidan tushib ketib, o‘lishiga sal qolgandi. U qushni parvarishlab, hayotga qaytaradi.
Lavhalarda amerikalik o‘zi Loko (“Telba”) deb nom bergan yirik qush bilan quchoqlashayotganini ko‘rish mumkin.
Erkak va yovvoyi kondor “tanishuvi”dan beri bir necha yil o‘tdi, biroq Loko hamon qutqaruvchini yoddan chiqarmaydi.
Izoh (0)