Shavkat Mirziyoyev raisligida O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida shahar, tuman faollari, mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Yig‘ilishda aholi turmush darajasini yanada oshirish, bandlikni ta’minlash, ta’lim masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha topshiriqlar berildi. 2017—2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi mamlakat taraqqiyotini yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qilayotgani qayd etildi.
Izoh (0)