16-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Qozog‘iston Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi Yerik Utembayev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi vazirlik matbuot xizmati.
Uchrashuvda oliy va yuqori darajalardagi O‘zbekiston—Qozog‘iston uchrashuvlari chog‘ida erishilgan ikki tomonlama kelishuvlarni amalga oshirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Izoh (0)