2017-yil 16-iyunda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Turkmaniston favqulodda va muxtor elchisi Shiri Shiriyev hamda Afg‘oniston Islom Respublikasi elchisi Sayid Shahobiddin Timuriy bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi vazirlik matbuot xizmati.
Uchrashuvda ko‘p tomonlama tashkilotlar doirasidagi uch davlat hamkorligining dolzarb jabhalari muhokama qilindi.
Elchilar Turkmaniston va Afg‘oniston tashqi ishlar vazirlari nomidan O‘zbekiston tomoniga Ashxobod shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan Afg‘oniston bo‘yicha mintaqaviy iqtisodiy hamkorlikka bag‘ishlangan 7-konferensiyaga (RECCA-VII) rasmiy taklifnomani taqdim etdi.
Izoh (0)