Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy ligasining 13-tur bellashuvlari “Bunyodkor” stadionidagi o‘yin bilan nihoyasiga yetdi. Mazkur tur Vadim Abramovning debyut o‘yindagi mag‘lubiyati bilan start olib, “Paxtakor”ning mag‘lubiyati bilan davom etgandi.
Toshkentda kechgan “Bunyodkor” — “Qo‘qon-1912” o‘yinida mezbonlar zafar quchdi. Har ikki gol Doston Hamdamov tomonidan urildi. Mehmonlardan Nosir Otaqo‘ziyev o‘z hisobiga gol yozib qo‘ydi.
O‘FF matbuot xizmatining xabar berishicha, qo‘qonliklar bunga qadar 104 kundan buyon mag‘lubiyat nima ekanini bilmay kelayotgandi.
Mazkur g‘alaba “Bunyodkor”ni turnir jadvalida 12-o‘ringa olib chiqdi. Qo‘qonlik futbolchilar 2-o‘ringa ko‘tarilib olish imkoniyatini vaqtinchalik yo‘qotdi.
O‘zbekiston Oliy ligasi 13-tur bellashuvi 16-iyun, juma
Izoh (0)