Ko‘pchilik qizlarni saqlash muddati o‘tgan krem yoki lab bo‘yog‘idan foydalansa nima bo‘ladi, degan savol qiziqtiradi.
Ochilgandan keyingi saqlash muddati
Ko‘pchilik kosmetika vositalari qutisi ustida maxsus belgi bor — ochiq banka tasviri, uning ichida esa raqam va M harfi. Raqam vosita ochilgandan keyin necha oy foydalanish mumkinligini bildiradi. Albatta, bu qat’iy qoida bo‘lmasa ham, har holda bu muddatni hisobga olish foydali.Mahsulot buzilganini qanday aniqlash mumkin?
Agar mahsulotning rangi, tuzilishi yoki hidi o‘zgargan bo‘lsa va terida yoqimsiz holat sezilsa yoki uning usti mog‘orlagan bo‘lsa demak bu uni tashlash vaqti kelganining belgisi bo‘ladi.Qurib qolgan tushni suvda eritishga urinmang, uni darrov tashlab yuboring. Suv — bakteriyalar rivojlanishi uchun mukammal muhit hisoblanadi.
Kosmetikadan qancha vaqt foydalanish mumkin?
Mutaxassislar kosmetika vositalarining saqlanish muddati to‘g‘risida quyidagi tavsiyalarni beradilar:Dekorativ kosmetika vositalari
- Tush va podvodka — 3–4 oy.
- Suyuq yoki kremli tonal asoslar va konsilerlar — 6 oydan bir yilgacha.
- Upalar (yog‘upa, bronzerlar, tenlar) — 2–3 yil.
- Pomadalar, qalamlar va lab uchun yaltiroqlar — 2–3 yil.
Parvarishlash vositalari
- Toniklar — 6 oydan bir yilgacha.
- Namlantiruvchi kremlar va zardoblar — 6 oydan bir yilgacha.
- Tozalovchi vositalar — bir yil.
- AHA- va BHA-kislotali vositalar — bir yil.
- Lab uchun balzamlar — bir yil.
Sevimli vositalaringizning xizmat qilish muddatini uzaytirishga yordam beruvchi bir necha qoidalar:
- Kosmetika vositalarini vannaxonada va sovutgichda saqlamang.
- Mahsulotlarni yuzingizga surishdan oldin albatta qo‘llaringizni yuving.
- Har foydalanishdan keyin qopqog‘ini mahkam yoping.
- Mahsulotlarni quyosh nuri tushadigan joyda, masalan deraza tokchasida saqlamang.
- Bitta mahsulotdan bir necha kishi foydalanishi mumkin emas.
Izoh (0)