15-iyun kuni O‘zbekiston moliya vazirligi Toshkent IES tomonidan Qibray tumaniga realizatsiya qilinadigan yangi tarifni tasdiqladi. U 2017-yil 1-iyulidan amalga kiradi, deb xabar qiladi “Gazeta.uz”.
Barcha iste’molchilar, shu jumladan, ulgurji iste’molchilar, issiqxona xo‘jaliklari, shuningdek, “Issiqlik manbai” korxonasi uchun yangi issiq suv va bug‘ tariflari 54470 so‘m/1 Gkal ni tashkil etadi. Amaldagi tarif — 42777 so‘m. Tarif o‘z ichiga QQSni oladi.
Yangi tariflar kuchga kirishi bilan 2015-yil 6-oktabrdagi tariflar kuchini yo‘qotadi.
Izoh (0)