O‘zbekistonda muddatli harbiy xizmat o‘tagan yoki safarbarlik chaqiruv xizmatida bo‘lgan fuqarolarni ish bilan ta’minlash bo‘yicha Respublika komissiyasi tashkil etildi. Bu haqda UzNews xabar bermoqda.
Tegishli qaror Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2-iyun kuni qabul qilindi.
Hujjatga muvofiq, Respublika komissiyasi harbiy xizmat o‘tagan fuqarolarga tadbirkorlik faoliyati olib borish uchun kredit berilishi, mudofaa vazirligi tomonidan muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan yoshlarning umumiy miqdori haqida keltirilgan ma’lumot asosida zaxira ish o‘rinlari yaratish, shuningdek, har chorakda seminarlar, davra suhbatlari va bo‘sh ish joylari yarmarkalari o‘tkazish ishlariga ko‘maklashadi.
O‘z faoliyati bo‘yicha komissiya Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi. Uning ishchi organi bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bo‘ladi.
Izoh (0)