Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev “Qozog‘iston Respublikasining ayrim konstitutsion qonunlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi. Hujjat amaldagi konstitutsion qonunlarni konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartishlarga moslashtirishni ko‘zda tutadi, deb xabar beradi “TASS”.
Jumladan, “Saylov to‘g‘risida”gi qonunga mamlakat prezidentligiga qo‘yiladigan qo‘shimcha talablar kiritilmoqda. Endilikda nomzod kamida besh yillik davlat xizmatida ishlash tajribasiga ega bo‘lishi, shuningdek, majburiyatlarini bajarishga to‘sqinlik qiluvchi kasallikka chalinmagan bo‘lishi lozim.
“Prezident to‘g‘risida”gi qonunga kiritilayotgan o‘zgartishlarga muvofiq, prezident bosh vazirning taqdimiga binoan hukumat a’zolarini tayinlaydigan bo‘ldi.
Shuningdek, “Qozog‘iston Respublikasi parlamenti to‘g‘risida”gi hamda “Respublika referendumi to‘g‘risida”gi qonunlarga o‘zgartishlar kiritildi.
Izoh (0)