Liviya muvaqqat hukumati Qatar kompaniyalariga mamlakatdan qazib chiqarilgan neftni eksport qilishni taqiqladi. Bu haqda Abdulla Abdurrahmon at-Taniy boshchiligidagi vazirlar mahkamasi matbuot xizmati bayonot berdi, deb xabar qiladi “TASS”.
Maxsus xabarnomada ta’kidlanishicha, bu choralar Qatar tomonidan terrorchi guruhlarning qo‘llab-quvvatlanishiga qarshi javob sanksiyalari sifatida joriy etilmoqda. Xususan, Qatar suveren fondi bilan aloqada bo‘lgan Glencore International AG kompaniyasi ushbu sanksiyalar tufayli neft eksport qila olmasligi ma’lum bo‘ldi.
Hukumat mazkur qaror Liviya qurolli kuchlari qo‘mondonligi bilan kelishilgan holda qabul qilinganini bildirdi.
Izoh (0)