AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakat mudofaa vaziri Jeyms Mettisga Qo‘shma Shtatlar qurolli kuchlari kontingentining Afg‘onistondagi sonini o‘zgartirish vakolatini berdi. Bu haqda Oq uy rasmiy vakiliga tayanib, Reuters agentligi xabar bermoqda, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Kontingent sonini zudlik bilan oshirish haqida e’lon qilinmasligi ta’kidlanmoqda. Hozirgi paytda u 8,4 mingga yaqin harbiy xizmatchidan iborat.
May oyi boshida The Washington Post nashri AQSh Afg‘onistondagi rolini oshirishi mumkinligini ma’lum qilgan edi. Keyinroq AQSh Qurolli kuchlari shtablar rahbarlari birlashgan qo‘mitasining raisi Jozef Danford mamlakat hukumati hozircha Afg‘onistondagi kontingentni oshirish haqida qaror qabul qilmaganligini e’lon qildi.
Izoh (0)