Rossiya BMT Xavfsizlik kengashida qo‘ygan taqiq Kosovo xalqaro tashkilotga a’zo bo‘lib kirishi yo‘lidagi yagona to‘siq bo‘lib turibdi. Bu haqda tan olinmagan respublika yetakchisi Hoshim Tachi Xorvatiyaning Veernji List gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“BMTga a’zo davlatlarning uchdan ikki qismi Kosovoni tan oldi. Rossiyaning Xavfsizlik kengashidagi vetosi yagona to‘siq bo‘lib turibdi. Shunga qaramay, mamlakatimizni ham ichkarida, ham xalqaro maydonda mustahkamlashda davom etyapmiz”, — dedi Tachi.
Tachi Kosovo Rossiya bilan munosabatlar o‘rnatgani va respublikani tan olish bilan Moskva Belgradga yordam bergan bo‘lishi mumkinligini bildirdi.
“Rossiya va Serbiya o‘rtasida an’anaviy do‘stlik aloqalari mavjudligini tushunamiz va bu bizga xalaqit bermaydi. Aslida Moskva Kosovoni tan olganida Belgrad katta xizmat qo‘rsatgan va Serbiyaga Kosovoni qaytarish haqidagi cho‘pchakdan tezroq qutulishga yordam bergan bo‘lardi”, — deya ta’kidladi tan olinmagan respublika yetakchisi.
Izoh (0)