AQSh prezidenti Donald Tramp amerikalik yozuvchi Stiven Kingni Twitter’da “qora ro‘yxat”ga kiritib qo‘ydi. Bu haqda yozuvchining o‘zi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.
“Tramp menga tvitlarini o‘qishni taqiqlab qo‘ydi. Endi jonimga qasd qilishdan boshqa chora qolmadi”, — kinoya qildi King.
Oldinroq, may oyida ko‘plab mashhur “qo‘rqinchli” asarlar muallifi bo‘lgan Stiven King Trampning yadro tugmasiga ega ekanligini o‘zi yozgan har qanday dahshatli voqealardan ham qo‘rqinchliroq ekanligini bildirgandi.
Izoh (0)