AQSh o‘zining Suriyadagi harbiy kontingentini kengaytirmoqda. Bu haqda “Suriya erkin armiyasi” muxolif qurolli guruhi brigadalaridan birining vakili Abu al-Atira bayonot berdi, deb xabar qiladi “TASS”.
At-Tanf shahrida AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiyaning harbiy bazasi joylashgan. Ular bu yerda qurolli muxolifat guruhlariga IShIDga qarshi kurashda yordam beradi.
Al-Atiraning so‘zlariga qaraganda, AQSh endilikda az-Zakfda yangi baza yaratish ishlarini boshlab yubordi. U at-Tanfdan 60–70 kilometr shimoli-sharqda joylashgan.
“Yangi baza oylar davomida o‘rganildi, endilikda u rasmiy bazadir”, — ta’kidladi harbiy.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)