Rossiya prezidenti Vladimir Putin Kremlda o‘nlab yosh rossiyaliklarga pasport topshirdi va ularni o‘zining shaxsiy ish xonasiga taklif qildi, deb xabar berdi “Gazeta.ru”.
Marosim davomida ishtirokchilardan biri prezidentning xonasida bo‘lishni orzu qilgani haqida so‘zlab qolgan. Putin pasportlarni topshirib bo‘lgach marosim ishtirokchilarini darhol o‘zining xonasiga taklif qildi. Rossiya prezidenti hamda mehmonlar esdalik uchun suratga tushdi.
Izoh (0)