Rossiya prezidenti Vladimir Putin amerikalik rejissor Oliver Stounga bergan intervyusida o‘z qizlari haqida gapirib berdi. Intervyudan parchani 12-iyun, dushanba kuni Showtime telekanali namoyish qildi.
“Ularning o‘z oilaviy hayotlari bor va biz ko‘rishib turamiz”, — deya Putin qizlari turmushga chiqqan-chiqmaganligi va ular bilan uchrashish-uchrashmasligi haqidagi savolga javob berdi.
Stoun Rossiya prezidentidan u nevaralari bilan birga o‘ynash-o‘ynamasligini so‘radi. “Afsuski, juda kamdan-kam”, — deya tan oldi Putin.
“Kuyovlaringiz bilan tortishib turasizmi?” — degan savolga javoban, prezident shunday dedi: “Turli nuqtai nazarlar bo‘lib turadi. Biz tortishmaymiz, balki munozara qilamiz”.
Rejissor Putinning farzandlar borasida omadi chopganini ta’kidladi. “Ular bilan faxrlanaman”, — dedi Rossiya prezidenti.
Rossiya prezidentiga bag‘ishlangan “Putin bilan intervyu” (The Putin Interviews) filmi premyerasi 12-iyun kuni Showtime telekanalida bo‘lib o‘tdi. Kartinani Rossiyaning “Birinchi kanal”i ham ko‘rsatadi. To‘rt seriyali film 19—22-iyun kunlari namoyish qilinadi.
Izoh (0)