Amirliklar va Qatar fuqarolaridan iborat oilalar BAAda qolishi mumkin. Bu haqda UAE Inside xabar bermoqda.
Qator arab davlatlari Qatar bilan diplomatik aloqalarni uzgandan so‘ng amirliklarda ushbu davlat fuqarolariga yashash, ish va dam olish joylarini tark etish uchun ikki hafta muhlat berilgandi.
Shundan so‘ng Qatar fuqarolariga uylangan yoki turmushga chiqqan ko‘plab oilalar xavotirga tushdi.
BAA hukumati yaqinda mazkur taqiq ularga taalluqli emasligini ma’lum qildi. Ular birga bo‘lishlari mumkin, amirliklarni tark etishlari ham talab etilmaydi.
Izoh (0)