13-iyunning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.
1. Turobjon Jo‘rayev Samarqand viloyati hokimi etib tayinlandi. Shavkat Mirziyoyev Samarqandning iste’foga chiqarilgan hokimi haqida tanqidiy fikrlar bildirdi.
2. O‘zbekiston dunyoning eng tez o‘sayotgan iqtisodiyotlari ro‘yxatida ikkinchi o‘rinni egalladi. O‘zbekiston ro‘yxatda Efiopiya va Nepal orasidan joy olgan.
3. O‘zbekiston mobil operatorlari aloqa sifatining yomonligi tufayli jarimaga tortildi. Jumladan, ko‘rsatilayotgan internet xizmatlari sifatining pastligi alohida qayd etilgan.
4. Buxoroda Mir Arab oliy madrasasiga asos solindi. Madrasa rektori vazifasini bajaruvchi etib ilgari bu yerda xizmat qilgan Jobir Elov tayinlandi.
5. O‘zbekiston milliy termasi Eronga qarshi ikki uchrashuvda darvoza tomon nechta aniq zarba berdi? Javob — bitta suratda.
Izoh (0)