Butunjahon iqtisodiy forumi (World Economic Forum) saytida “Dunyoning 2017-yildagi eng tez o‘sayotgan iqtisodiyotlari” nomli maqola e’lon qilindi. Bu haqda UzReport xabar bermoqda.
Maqolada joriy yilda yalpi ichki mahsulotining (YaIM) o‘sish sur’ati eng yuqori bo‘lishi bashorat qilinayotan 10 davlat keltirib o‘tilgan.
2017-yilda O‘zbekistonda YaIM 7,6 foizi bo‘lishi kutilmoqda. Shu tariqa, O‘zbekiston eng tez o‘sayotgan iqtisodiyotlari ro‘yxatida ikkinchi o‘rinni egalladi.
Birinchi o‘rinni esa 8,3 foiz ko‘rsatkich bilan Efiopiya band etdi.
Ro‘yxatdagi qolgan o‘rinlar Nepal, Hindiston, Tanzaniya, Jibuti, Laos, Kambodja, Myanma va Filippinga tegishli.
Izoh (0)