O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov BMT bosh kotibining Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyodagi OIV/OITS masalalari bo‘yicha maxsus elchisi Mishel Kazachkin bilan uchrashdi. Bu haqda “Daryo”ga vazirlik axborot xizmati xabar berdi.
BMT bosh kotibining maxsus elchisi sog‘liqni saqlash sohasida qisqa vaqt ichida erishilgan natijalarni yuqori baholab, bunda sohada qabul qilinayotgan huquqiy hujjatlar va davlat ham mazkur vazifalarga nisbatan kuchli siyosiy majburiyat ko‘rsatayotganini e’tirof etdi.
Shuningdek, u sohani rivojlantirishga qaratilgan farmon va qarorlarning amaliy ahamiyatini yuqori baholab, unda xalq manfaati, inson salomatligini saqlash ustuvor maqsad sifatida qo‘yilganini alohida qayd etdi.
Uchrashuv davomida ikki tomon ham o‘zaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga tayyor ekanligini bildirdi.
Izoh (0)