Pokistonlik erkak Facebook ijtimoiy tarmog‘ida dahriyona ruhdagi izohlar qoldirgani uchun o‘lim jazosiga hukm qilindi. Bu haqda, The Verge nashriga asoslanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Taymur Raza diniy arboblar va payg‘ambarlar, shu jumladan, Muhammad payg‘ambarga qarshi salbiy ruhdagi izohlar qoldirgan edi. Raza boshqa bir erkak bilan muloqot qilib, o‘zining din haqidagi fikrlarini bildirdi. Ammo uning suhbatdoshi hukumat agenti bo‘lib chiqdi.
Taymur Raza Xudoga yil davomida shak keltirganlikda ayblanib sudlangan 15-odam bo‘ldi. Pokistonda bu jinoyat hisoblanib, o‘lim bilan jazolanadi.
Izoh (0)