Yaman hukumat kuchlari Taiz shahridagi Respublika saroyi hududidan isyonchi xusiylarni siqib chiqardi. Bu haqda, Al Arabiya telekanaliga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Yarmiya qo‘mondonligidagi manbalarga qaraganda, saroy to‘la nazorat ostiga olingan. Respublika saroyi xusiylarning Taizdagi tayanch nuqtasi hisoblanar edi.
Taizda xusiylarga qarshi operatsiya 29-maydan buyon davom etayotgan edi. Yaman kuchlariga Saudiya Arabistoni boshchiligidagi harbiy koalitsiya aviatsiyasi yordam ko‘rsatmoqda edi.
Izoh (0)