AQSh prezidenti Donald Trampning immigratsion qonunchilik tashabbusini ikkinchi apellyatsion sud taqiqlab qo‘ydi. Ushbu qonun olti musulmon davlat fuqarolari AQShga kelishini vaqtinchalik to‘xtatib qo‘yishni nazarda tutadi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Qaror San-Fransiskoning To‘qqizinchi okrug sudi tomonidan qabul qilindi. Ilgariroq shunday qarorni Virginiya shtati, Richmond shahri To‘rtinchi apellyatsion sudi chiqargan edi.
Ma’muriyat bu qarorlarni shubha ostiga olib, Oliy sudga murojaat qilishni rejalashtirmoqda.
Izoh (0)