Filippinning Shimoliy Lanao provinsiyasida jangarilar bilan to‘qnashuvlardan so‘ng 70 nafar politsiyachi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Bu borada Mindanao politsiyasi boshlig‘i Reuben Teodor Sindak mahalliy radioga ma’lum qildi.
Sindakning so‘zlariga qaraganda, bedarak yo‘qolgan deb hisoblanayotgan politsiyachilarning ayrimlari shunchaki yo‘llar yopilgani bois aloqaga chiqa olmayotgan bo‘lishi ham mumkin, shu bois ularning aniq sonini belgilash mushkul.
Politsiyachilar jangarilarga qarshi kurashda harbiylarga yordam bermoqda.
Izoh (0)