Rossiyaning Irkutsk — Chita trassasida ibodatdan qaytayotgan ziyoratchilar tushgan avtobus ag‘darilib ketishi oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
10 kishi voqea joyida halok bo‘ldi, yana 2 kishi kasalxonaga yetkazish davomida olamdan o‘tdi. Аvariyadan so‘ng kasalxonalarga 34 kishi yetkazildi. Ular og‘ir va o‘ta og‘ir holatda ekanligi aytilmoqda.
KIA Granbird avtobusi 11-iyun, yakshanbaga o‘tar kechasi Petrovsk-Baykalorti tumanida ag‘darilib ketdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, haydovchi boshqaruvni uddalay olmagan.
Politsiya yo‘l harakati va transport vositalaridan foydalanish qoidalarining buzilishi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘adi.
Avvalroq, hodisa oqibatida 11 kishi halok bo‘lganligi xabar qilingan edi.
Izoh (0)