Oxirgi paytlarda Qirg‘iziston demokratiyani rivojlantirishda yaxshi natijalarga erishdi. Bu haqda BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev bilan Bishkekda bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘ida ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
“Qirg‘iziston demokratiyani rivojlantirish va fuqarolik jamiyatini mustahkamlash masalalarida namuna davlatdir”, — ta’kidladi u.
Guterrishning so‘zlariga qaraganda, mamlakatda millatlararo totuvlikka erishish yo‘lida ham qator yutuqlar qo‘lga kiritilmoqda.
“Davlat etnoslararo totuvlikni saqlash yo‘lida ko‘p harakat qilmoqda”, — ta’kidladi siyosatchi.
Izoh (0)