JCh—2018 saralashining 6-turida Bosniya va Gretsiya terma jamoalari 0:0 hisobida durang o‘ynadi. O‘yin yakuni ko‘ngilsiz voqeaga aylanib ketdi.
Rimning “Roma” klubi sharafini himoya qiladigan ikki futbolchi o‘zaro janjal keltirib chiqargani e’tiborga molik. Bosniya termasi hujumchisi Edin Jeko klubdoshi bo‘lgan gretsiyalik Konstantin Manolasga tashlandi. Janjalga keyinroq boshqalar ham aralashib ketdi.
Uning oqibatida greklardan Yannis Yanniotasning tishi sinib tushdi. Bosniya termasi murabbiylaridan biri uning jag‘ qismiga kuchli musht tushirgani videoda ham o‘z ifodasini topgan.
Mazkur holat bosniyalik muxlislarning stadionga turli buyumlarni uloqtirishi bilan davom etdi. Yaqin kunlar ichida FIFA mazkur vaziyatni o‘rganib chiqadi.
Izoh (0)