Sergeli tumanida o‘tkazilgan “Qoradori-2017” tadbiri davomida 7-iyun kuni soat taxminan 23:15 da yonida 41,64 gramm marixuanani saqlab kelayotgan fuqaro qo‘lga olindi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Mazkur holat yuzasidan Sergeli tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi (“giyohvandlik vositalarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay, qonunga xilof ravishda saqlash”) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
“Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, gumonlanuvchining boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda”, — deyiladi IIBB axborotida.
Izoh (0)