Toshkent shahrida 5—9-iyun kunlari O‘zbekiston—Qozog‘iston Qo‘shma demarkatsiya komissiyasining navbatdagi 56-majlisi bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.
Majlis davomida ikki davlat hukumat delegatsiyalari O‘zbekiston—Qozog‘iston davlat chegarasining demarkatsiyasiga oid hujjatlarni tayyorlash va kelishishni davom ettirdi.
“Uchrashuv do‘stlik va hamjihatlik ruhida bo‘lib o‘tdi”, — deyiladi TIV axborotida.
Izoh (0)