Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Bahrayn va Misr Qatar bilan aloqador 59 kishi va 12 ta tashkilotni terrorchilik ro‘yxatiga kiritdi. Bu haqda Al Arabiya telekanali ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
To‘rtta arab mamalkati bayonotida ko‘rsatilgan shaxslar va tashkilotlarning Qatarning bir tomondan terrorizmga qarshi kurashni e’lon qilib, ikkinchi tomondan turli terrorchilik tashkilotlarini moliyalashtirish, qo‘llab-quvvatlash va yashirishni o‘z ichiga oluvchi ikki yoqlama siyosatiga aloqador ekanligini ko‘rsatuvchi ma’lumotlar mavjud ekanligi ta’kidlanadi.
Ro‘yxatlar yangilanib turishi ma’lum qilindi.
Avvalroq BAA Qatarga parvoz qilayotgan yoki mazkur mamlakatdan uchgan barcha samolyotlar uchun havo hududini yopganligi ma’lum qilingan edi.
Izoh (0)