• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Rieltorlik tashkilotlari assotsiatsiyasi ijrochi direktori: “Qora makler”lar faoliyatiga qarshi kurashuvchi maxsus komissiya tuzilishi kerak

    Bozor iqtisodiyoti sharoitida ko‘chmas mulk, uni himoya qilish muhim ahamiyatga ega. Mazkur omildan kelib chiqqan holda, O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozoridagi munosabatlarni tashkiliy-huquqiy jihatdan tartibga solishga alohida e’tibor bilan yondashilmoqda. Shunga qaramay, sohada bir qator kamchilik va nuqsonlar mavjud. Masalan, ko‘chmas mulkning o‘zaro oldi-berdisini rasmiy rieltorlar bilan bir qatorda, qonunga zid ravishda faoliyat yuritayotgan “qora makler”lar ham amalga oshirayotgani hech kimga sir emas. Ular ayrim soddadil fuqarolarning ishonchiga kirib, aksariyatini aldab ketayotgan holatlar, afsuski, kundalik hayotimizda ko‘plab uchrab turibdi.

    Foto: “Skyscrapercity.com”

    Foto: “Skyscrapercity.com”

    Jurnalist Saule Azimbetova Rieltorlik tashkilotlari assotsiatsiyasi ijrochi direktori Abdumalik Aliyev bilan aynan shu xususda suhbatlashdi.

    — Yurtimizda ko‘chmas mulk bozori jadal rivojlanmoqda, — deydi A. Aliyev. — O‘z-o‘zidan ko‘chmas mulkka bo‘lgan talab ham ortib borayapti. Har yili mamlakatimiz xaritasida yangidan-yangi aholi yashash punktlari paydo bo‘lyapti. 2011-yildan kuchga kirgan “Rieltorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun mamlakatimiz ko‘chmas mulk bozorida ijobiy o‘zgarishlarga yo‘l ochdi. Avvalo, ushbu hujjat ko‘chmas mulk bozorida shaffoflikni oshirish, mazkur sohaning normativ-huquqiy bazasini shakllantirish, professional xizmat ko‘rsatadigan rieltorlik tashkilotlari tuzilishi hamda rieltorlar faoliyatining yo‘lga qo‘yilishiga xizmat qildi. Shu o‘rinda qayd etish kerakki, rieltorga, ya’ni jismoniy shaxsga litsenziya ko‘chmas mulk bozorida faqat axborot va maslahat xizmatlari ko‘rsatish uchun beriladi. Yuridik shaxslar — rieltorlik tashkilotlari esa barcha turdagi rieltorlik xizmatlarini, ya’ni ko‘chmas mulk obyektlariga hamda ularga bo‘lgan huquqlarga doir bitimlarni tuzish chog‘idagi vositachilik, ko‘chmas mulk obyektlarining va ularga bo‘lgan huquqlarning savdosini tashkil etish, ko‘chmas mulk obyektlarini ishonchli boshqarish, axborot hamda maslahat xizmatlarini ko‘rsatadi.

    — Bugungi kunda uy-joy bozorida tuzilayotgan bitimlarning qariyb 70 foizi tegishli litsenziyaga ega bo‘lmagan shaxslar vositachiligida amalga oshirilyapti. Boshqacha aytganda, ular qonun talablarini buzishmoqda.

    — Afsuski, shunday. “Qora makler”lar faoliyatini nazorat qilish masalasi hali-hanuz to‘liq hal etilmagan. Bugun amaliyotda ko‘chmas mulk bilan bog‘liq tavakkalchiliklarni kamaytirish uchun majburiy litsenziyalash, rieltorlarga tegishli talablar, ularning faoliyati ustidan davlat nazorati joriy qilingan.

    Rieltorlik tashkilotlari mamlakatimiz qonun hujjatlari asosida faoliyat yuritishadi. Buyurtmachi va ijrochi o‘rtasida yozma shartnoma tuzilishi vositachilik xizmatlarini ko‘rsatishning majburiy sharti sanaladi. Agar kelishuv noto‘g‘ri amalga oshirilgan bo‘lsa, jabrlangan taraf o‘rtada turgan kompaniyani sudga berishi mumkin. Litsenziyalangan har bir rieltorlik tashkiloti xodimlari O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan beriladigan malaka sertifikatiga ega. Buning uchun ular Korporativ boshqaruv markazi, Yangi bozorlar mutaxassislarini tayyorlash milliy markazi o‘quv kurslarida tahsil olishadi.

    Ammo odamning tabiati shunaqa: har doim ham tashlayotgan qadamining oqibatlari haqida o‘ylab o‘tirmaydi. Agar biror kishi ko‘chmas mulk bozorida noqonuniy ishlayotgan kishiga murojaat qilsa, shuni unutmaslik kerakki, bunday bitimlar hech qanday kafolatga ega bo‘lmaydi. “Qora makler”lar mijozlar bilan og‘zaki kelishib, o‘ziga tegishli ulushini olishadi, biroq hech qanday javobgarlikka ega bo‘lmaydilar. Assotsiatsiyamizga bunday vijdonsiz “maklerlar”ning faoliyati oqibatida jabrlanganlar juda ko‘plab murojaat qilishgan.

    — Rieltorlar faoliyatida qanday qiyinchiliklar bor?

    — Rieltorlik tashkilotlarining davlat idoralari, uy-joy kommunal xo‘jaligi tashkilotlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan munosabatlarining qonuniy mexanizmlari mavjud. Ular rieltorlik tashkilotiga belgilangan tartibda axborot taqdim etishi kerak. Bunda, albatta, buyurtmachi bilan rieltorlik xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha tuzilgan shartnoma nusxasini taqdim qilish kifoya. Biroq amaliyotda ushbu talabga rioya etilmayapti. Oqibatda rieltorlik xizmati buyurtmachisi rieltorlik tashkiloti xodimiga tegishli hujjatlarni to‘plash uchun notariusda ishonchnoma rasmiylashtirishga majbur bo‘layapti. Bu mijozlarning noroziligiga, ortiqcha sarf-xarajat qilinishiga olib kelmoqda. Vaholanki, rieltorlik xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha alohida shartnoma bor. Ko‘chmas mulk obyekti joylashgan manzil bo‘yicha fuqarolar ro‘yxati to‘g‘risida ma’lumotnoma olish ham zarur hujjatlar to‘plamiga kiradi. U ichki ishlar organlari tomonidan beriladi. Buning uchun pasportistkaga murojaat etish kerak bo‘ladi. Uning huquqiy maqomi esa haligacha belgilanmagan. Toshkent shahar hokimi qarori bilan mazkur shtat birligi mahalla fuqarolar yig‘ini shtatlar jadvaliga kiritilishi lozim edi. Ammo hozirgacha ushbu qaror ijrosi ta’minlanmagan. Ma’lumotnoma xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati direktori tomonidan beriladi hamda imzolanadi. To‘lovni naqdsiz ko‘rinishda amalga oshirish imkoniyatlari yo‘qligi ham rieltorlik tashkilotlari uchun qo‘shimcha muammolarni tug‘dirmoqda.

    — Assotsiatsiya tomonidan o‘z a’zolari huquqlarini himoya qilish bo‘yicha qanday ishlar amalga oshirilyapti?

    — Hozirgi kunda mamlakatimizda 240 dan ortiq rieltorlik tashkilotlari faoliyat yuritadi. Bu, albatta, kam. Biz ommaviy axborot vositalari orqali ko‘chmas mulk bozorida qonuniy ishlashning ustuvor jihatlari haqida targ‘ibot-tushuntirish ishlarini muntazam olib boryapmiz. Bundan tashqari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga rieltorlik faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish maqsadida taklif va tavsiyalar taqdim qilganmiz.

    Qator davlat organlari bilan birgalikda ko‘chmas mulk bozoridagi noqonuniy faoliyatning oldini olish maqsadida izchil ishlanmoqda. Xususan, assotsiatsiya rieltorlik tashkilotlari orqali “qora makler”lar haqida zarur ma’lumotlar to‘playapti. O‘rganishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, bir qator bosma va elektron ommaviy axborot vositalari litsenziya raqamini ko‘rsatmasdan ko‘chmas mulk savdosi haqida e’lonlarni chop etayotir. Bu ham turli huquqbuzarlik hamda suiiste’molliklarga yo‘l ochyapti, desak, adashmaymiz. Shu munosabat bilan assotsiatsiya gazeta va elektron ko‘chmas mulk savdolari portallaridan “qora makler”larning foydalanishini cheklash yo‘llarini izlayapti. Yuqoridagilardan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzurida mazkur qo‘mita, assotsiatsiyamiz, Davlat soliq qo‘mitasi, Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti vakillari ishtirokida maxsus komissiya tuzish maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz.

    • O‘zbekistonda o‘rtacha har 148,4 ming kishiga davlat tomonidan berilgan bitta rieltorlik litsenziyasi to‘g‘ri keladi. Bu ko‘rsatkich Qoraqalpog‘iston Respublikasida 440,8 ming, Qashqadaryo viloyatida 422,7 ming, Xorazm viloyatida 428,9 ming kishini tashkil qiladi.
    • Mamlakatda 2017-yilning 1-iyun holatiga rieltorlik faoliyatini amalga oshirish uchun 240 ta litsenziya berilgan bo‘lib, ularning 89 tasi ko‘chmas mulk obyektlariga hamda ularga bo‘lgan huquqlarga doir bitimlarni tuzish chog‘idagi vositachilikni amalga oshirish, 19 tasi esa ko‘chmas mulk bozorida axborot va maslahat xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liqdir.
    Material Iqtisodiy tadqiqotlar markazi ko‘magida tayyorlandi

    08.06.2017, 10:46   Izoh (0)   8266
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Jasurbekning o‘qituvchilari: u mushtlashuv keltirib chiqara olmas edi

    08.06.2017, 09:52

    Chilonzor tumanida Playstation PS3 shoxobchasi yarim tunda faoliyat ko‘rsatayotgani aniqlandi

    08.06.2017, 09:26

    Uzreport TV yana raqamli formatda ko‘rsata boshladi

    07.06.2017, 23:14

    Tehrondagi teraktlar, Samarqand va Orolbo‘yiga safar qiladigan BMT rahbari, Rossiyadan O‘zbekistonga o‘tkazilgan 570 mln dollar va kunning boshqa muhim xabarlari

    07.06.2017, 20:51

    “O‘zbekiston ushbu qabih terrorchilik xurujlarini keskin qoralaydi”. Shavkat Mirziyoyev Eronga hamdardlik bildirdi

    07.06.2017, 19:37

    Toshkent shahrida bangixona tashkil etgan shaxs qo‘lga olindi

    07.06.2017, 18:17
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi

     

    Tavsiya etamiz

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentda tez-tez kuzatilayotgan elektr uzilishlari bo‘yicha izoh berildi

    O‘zbekiston | 6 iyul, 11:05

    “Real” “PSJ”ga qarshi — Klublar o‘rtasidagi JCHning yarim final juftliklari ma’lum bo‘ldi

    Sport | 6 iyul, 10:30

    O‘zbekistonda portlovchi va zaharli moddalar aylanmasiga talablar kuchaytirildi

    O‘zbekiston | 6 iyul, 10:20

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Real” “Borussiya D”ni mag‘lub etib, yarim final yo‘llanmasiga ega chiqdi (video)

    Sport | 6 iyul, 09:50

    O‘zbekiston, Ozarbayjon va Qozog‘iston energetika kompaniyalari qo‘shma korxona tashkil etdi

    O‘zbekiston | 6 iyul, 09:40

    Arzon narxdagi “dacha”ga oldindan to‘lov qilmang — Ichki ishlar bosh boshqarmasi

    O‘zbekiston | 6 iyul, 08:56

    Madagaskar yaqinida 300 yil oldin cho‘kib ketgan va dengiz qaroqchilari o‘ljasiga aylangan kema topildi

    Dunyo | 5 iyul, 23:55

    Buxoro va Qoraqalpog‘istonda “valyutchik”lar ushlandi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 23:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.