2017-yil iyulida Ukraina osmonida urib tushirilgan MH17 reysidagi Boeing’da qurbon bo‘lganlarning qarindoshlari aeroport kuzatuv kameralari qayd qilgan kadrlarni ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Ilgariroq Gollandiya prokuraturasi ularga maxfiylik haqidagi qonun sababli bu kadrlarni namoyish qilishdan bosh tortib kelayotgan edi, negaki videoda nafaqat qurbonlar, balki o‘sha kuni aeroportda bo‘lgan boshqa odamlar ham qayd qilingan.
Ammo bir necha yil davom etgan muzokaralardan so‘ng idora yon berdi.
“Bu qurbonlarning oxirgi tasvirlari, yaqinlari va qarindoshlari uchun bu juda muhim”, — deb o‘z qarorini tushuntirdi idora vakillari.
Izoh (0)