Makedoniya bosh vaziri Zoran Zayev NATO tarkibiga qo‘shilish uchun mamlakat nomini o‘zgartirishga tayyorligini ma’lum qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Ma’lumki, Gretsiya qadimgi Makedoniya merosiga da’vogarlik qiladi. Shu bois u bugungi Makedoniya rasman Yugoslaviyaning Makedoniya sobiq respublikasi deb atalishini talab qilib kelmoqda.
“Ikkita yo‘l mavjud: yoki muammoni bartaraf qilish, yoki NATO tarkibiga vaqtinchalik nom ostida kirib, Gretsiya bilan bizning konstitutsion nomimizga bo‘lgan e’tirozi yuzasidan muhokamani davom ettirish. Ular bizning Yevroittifoq bilan integratsiyaga intilishimiz kuchli ekanligini biladi”, — dedi Zayev “MRT” milliy telekanali efirida.
Izoh (0)