Dubayda bosqinchilar guruhi Gold Souk hududida joylashgan zargarlik do‘konini o‘marib ketishda ayblanib, sudda javob beradi. Bu haqda UAEInside nashri xabar bermoqda.
Mazkur jinoyat joriy yilning aprelida sodir etilgan. O‘shanda to‘rt nafar xitoylik fuqaro hodisadan besh kun oldin o‘g‘rilik operatsiyasini rejalashtirib, zargarlik do‘konini asbob-uskunalar yordamida buzib ochib, umumiy qiymati 1,5 million dirhamlik qimmatbaho buyumlarni olib chiqib ketgan. Sudda, shuningdek, o‘g‘irlangan qimmatbaho buyumlarni saqlashda ayblanayotgan beshinchi gumonlanuvchi ham bor.
Qo‘lga olinganlarning barchasi jinoyatga aloqadorligini rad etmoqda. Dubay politsiyasining ma’lum qilishicha, politsiya xodimlari jinoyatchilardan birini topishga muvaffaq bo‘lgan, keyinroq u jinoyatga aloqador boshqa shaxslarni ham ma’lum qilgan.
Izoh (0)