Xitoy yirik sun’iy yo‘ldosh navigatsiya tizimini ishga tushirdi. Bu haqda mamlakat geodeziya va kartografiya davlat boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Li Veysen ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
Boshqarmaga ko‘ra, yangi tizim sun’iy yo‘ldosh navigatsiyaning 2700 bazaviy stansiyasi, bitta umummilliy va 30 ta provinsiyalardagi ma’lumotlarni qayta ishlash hamda uzatish markaziga ega.
Xitoy rasmiylari nafaqat foydalanuvchilar uchun eng to‘liq navigatsiya xizmatini taqdim etish, balki aholi punktlari, xususan, yirik shaharlarda yo‘l harakatini tashkillash va tartibga solishni sezilarli darajada yaxshilashga umid qilmoqda.
Izoh (0)