Yevropa Chempionlar ligasining “Real” hamda “Yuventus” klublari o‘rtasidagi final uchrashuvini Turin shahrida tomosha qilgan muxlislarning 1000 dan ziyodi sarosima oqibatida kelib chiqqan tartibsizlikdan jabr ko‘rdi.
“Sports.ru” nashrining xabar berishicha, “Real” uchinchi golni urgan bir paytda petardalar tovushi eshitilgan. Ayrim manbalar esa ulkan temir darvozaning qulashi natijasida bu tovush kelib chiqqani haqida ma’lumot bergan.
Oqibatda futbol muxlislari o‘rtasida sarosima boshlagan va ular turli burchaklarga qarab qocha boshlagan. Mazkur holat mingdan ziyod futbol muxlislarining jarohat olishiga sabab bo‘ldi. Olamon oyoqlari ostida qolgan besh kishida jarohat ancha jiddiy ekani aytilgan.
Yana ikki kishi esa tang ahvolda. Shifokorlar ularning hayotini saqlab qolish uchun barcha chorani ishga solmoqda. Eng jiddiyat aziyat chekkan bu ikki kishidan biri endigina 4 yoshga qadam qo‘ygan bolakaydir.
Izoh (0)