AQSH Markaziy razvedka boshqarmasining (MRB) Erondagi operatsiyalari bilan “Oyatulloh Mayk” va “Qora shahzoda” laqablariga ega Maykl d’Andrea shug‘ullanadi. Bu haqda The New York Times xabar bermoqda.
Aynan d’Andrea “al-Qoida” rahbari Usoma bin Ladenni o‘ldirish bo‘yicha operatsiyani nazorat qilgan. Nashrga ko‘ra, uning tayinlanishi Tramp Tehronga nisbatan tajovuzkorroq siyosat yuritishni rejalashtirayotganidan dalolat beradi.
“U o‘ta tajovuzkor dasturni olib borishi, ammo buni aql bilan yuritishi mumkin”, — hikoya qiladi MRBning sobiq huquqshunosi Robert Itinger.
MRB maxfiylik tufayli bu xabarlarga izoh berishdan bosh tortdi.
Tilga olingan agent — d’Andrea 50 yoshdan oshgani va islom diniga o‘tgani ma’lum.
Izoh (0)