Marshal Xalifa Xaftar boshchiligidagi Liviya milliy armiyasi al-Jufra viloyatidagi Vaddan shahridan “Al-Qoida” guruhi bilan bog‘liq jangarilarni quvib chiqardi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Tripolidan salkam 500 kilometr janubi-sharqda bo‘lgan shahar “Al-Qoida”ning Liviyadagi bo‘linmalaridan biri bo‘lgan “Bengazi mudofaasi brigadasi” guruhi tomonidan nazorat qilinar edi.
OAVga ko‘ra, harbiylar shaharga hujum qilishidan avval uning aholisi ekstremistlarga qarshi isyon ko‘tardi va armiya uchun vazifani osonlashtirdi. Shahar ozod qillinganidan so‘ng al-Jufra viloyatidan terrorchilarni butkul quvib chiqarish imkoniyati oshdi.
Izoh (0)